Главная » 2020 » Сентябрь » 12 » Surunkali charchoq, uyqusizlik va tushkunlik. D vitamini yetishmasligidan darak beradigan 5 simptom
18:54

Surunkali charchoq, uyqusizlik va tushkunlik. D vitamini yetishmasligidan darak beradigan 5 simptom


O‘tkazilgan tadqiqotlarda koronavirusga chalinish xavfining yuqoriligi D vitamini yetishmasligi bilan ham bog‘liq ekani tasdiqlangan. Ushbu “quyosh vitamini” metabolizm, suyak va mushaklar holati hamda inson o‘zini qanday his qilishida ahamiyatli hisoblanadi. “Domashniy ochag” jurnali organizm uchun zarur bo‘lgan D vitamini yetishmasligidan darak beradigan alomatlarga to'xtalib o'tadi.

Doimiy ravishda charchoqni his qilish

Agar organizmga D vitamini yetishmaydigan bo‘lsa, ko‘p uxlashga qaramay doimiy ravishda charchoq his qilinaveradi. Shimoliy Amerikaning tibbiyot fanlari jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, tez holsizlanish va surunkali charchoq D vitaminining kam miqdordaligi bilan bog‘liq ekani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, ushbu vitaminni yetarli miqdorda qabul qilganlarda o‘zini yaxshi his qilish va ish unumdorligi kuzatilgan.

Tushkunlikka tushish

Mazkur vitamin yetishmasligining yana bir belgilaridan biri depressiya hisoblanadi. D vitamini yetishmaydigan kishilar tez-tez depressiyaga tushishi kuzatiladi. Chunki tanada yetarli darajada vitamin bo‘lmagan taqdirda, baxt garmoni — serotonin ishlab chiqarilmaydi. Seratoninning kamligi esa kishini melanxoliyaga bo‘lgan moyilligini oshiradi. Amerikaning Milliy endokrinologiya jamiyatida o‘tkazilgan tadqiqotda bemorlar D vitamin qabul qilganidan keyin o‘zlarini yaxshi his qilgani va hatto depressiya tark etgani ma’lum bo‘lgan.

Doimgidan ko‘proq terlash

D vitamin yetishmasligining yana bir klassik simptomlaridan biri yuz va peshonani doimiy ravishda ter bosishi hisoblanadi. Tana haroratingiz me’yorida bo‘lsa va jismoniy zo‘riqish bo‘lmasa ham, peshona ho‘l bo‘lishi “quyosh vitamini” yetishmasligidan dalolat beradi.

Suyak va mushaklarda og‘riq

D vitamin yetishmasligidan mushak va suyaklarda og‘riq paydo bo‘lishi bilan birga suyaklarning tez-tez sinishi va chiqishi kuzatiladi.

Tiniqib uxlamaslik

Journal of Sleep Research nashrida e’lon qilingan tadqiqot mualliflarining xulosasiga ko‘ra, yetarli darajada D vitaminini qabul qilish to‘liq tungi dam olishni 16 foizga ta’minlaydi. Agar sizda ham uyqu bilan bog‘liq muammolar kuzatiladigan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashib D vitamini qabul qilish tavsiya qilinadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Surunkali, yetishmasligida, Uyqusizlik, Charchoq, Tushkunlik, vitamīni, simptom, n darak beradigan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя