Главная » 2018 » Март » 14 » Surxondaryo viloyatida bir guruh qimorbozlar qo‘lga olindi
22:22

Surxondaryo viloyatida bir guruh qimorbozlar qo‘lga olindi


Surxondaryo viloyati Angor tumani Ulug‘bek mahallasida yashovchi 49 yoshli B.S o‘z uyida qimorxona tashkil etdi, deb yozadi O‘zA.

Fuqaro tanishlari F.S., Q.O., P.M., B.M. va X.Tlarni taklif etib, qimor o‘ynay boshladi. Shunday kunlarning birida qimorbozlar guruhi IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Xolislar ishtirokida ulardan ikki quti qarta, 817 ming so‘m pul ashyoviy dalil sifatida olindi.

Xabarda qayd etilishicha, B.Sga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qimorboz | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя