Главная » 2020 » Май » 14 » Surxondaryoda jiyan tog‘asini pichoqlab qo‘ydi
19:06

Surxondaryoda jiyan tog‘asini pichoqlab qo‘ydi


Joriy yilning 4 may kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Xursand” mahallasi “Dazara” qishlog‘ida jiyan o‘z tog‘asini pichoqlab qo‘ydi.

Bir-ikki kun ilgari buyurilgan uy yumushlarini bajarmagani uchun tog‘a jiyanini tergaydi. Tabiiyki bu jiyanga yoqmaydi. O‘smir quloqsizligiga javoban tog‘a tomonidan tarsaki bilan jazolanadi. Balog‘at bosqichidagi qiziqqonlikmi, yolg‘iz ona tarbiyasida voyaga yetayotgani sabab bo‘libmi muqaddam sudlanmagan, voyaga yetmagan D.J. tog‘asiga oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazadi.

Yuz bergan voqeadan pushaymon tog‘a jiyanining qilmishiga o‘zi sababchi ekanligini aytmoqda.

Jabrlanuvchi da’vo qilmayotgan bo‘lsa-da, holatga qonuniy baho berish maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Jiyan, Surxondaryoda, pichoqlab qo‘ydi, tog‘asini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя