Главная » 2020 » Июнь » 18 » Surxondaryoda o‘zaro janjal qotillik bilan tugadi
15:25

Surxondaryoda o‘zaro janjal qotillik bilan tugadi


Joriy yilning 16 iyun kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida o‘zaro janjal qotillik bilan yakunlandi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Shu kuni taxminan soat 16:30 larda, tumanning “Qushtepa” mahallasida yashovchi K.J. uyida, tumanning “Boymoqli” mahallasida yashovchi Y.A. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Shu vaqtda K.J. qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan Y.A.ning o‘ng oyog‘ining son qismiga bir marotaba sanchishi oqibatida, o‘ng son o‘rta uchligi oldi yuzasidan sanchib kesilgan jarohati, son arteriyasini uzilishi, o‘tkir tashqi qon ketishi kabi tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 16 iyun kuni K.J. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sunnatilla Abdullaev

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Janjal, tugadi, o‘zaro, Surxondaryo, qotillik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя