Главная » 2020 » Сентябрь » 29 » Surxondaryoda ona chaqalog‘ini qopga o‘rab, mehribonlik uyi ostonasiga tashlab ketdi
17:16

Surxondaryoda ona chaqalog‘ini qopga o‘rab, mehribonlik uyi ostonasiga tashlab ketdi


Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida ona yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini qopga solib, mehribonlik uyi ostonasida qoldirib ketdi. Post-patrul xizmati xodimi ushbu chaqaloqni topib oladi. Bu haqda “Zamon” axborot dasturida xabar berildi.

Chaqaloq joriy yilning 27 sentyabr kuni Termiz shahridagi 12-mehribonlik uyi darvozasi oldida qoldirilgan. Shu hudud faoliyat olib borayotgan ichki ishlar xodimi ertalab soat 6:00 larda darvoza tagidagi qopdan chaqaloqni topib oladi va darhol tez tibbiy yordamga xabar beradi. 

Shundan so‘ng tez yordam xodimlari kelib, chaqaloqni viloyat perinatal markaziga olib ketgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani, unga vaqtida yordam ko‘rsatilgani aytilmoqda. 

Post-patrul xizmati xodimining so‘zlariga ko‘ra,  hozircha chaqaloqni kim tashlab ketgani ma’lum emas. Voqea joyiga yetib borgan tezkor tergov guruhi surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

“Chaqaloqni kim tashlab ketgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deydi PPX xodimi Sarvar Qurbonov.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: mehribonlik uyi, ostonasiga, chaqalog‘ini, ona, Surxondaryoda, qopga o‘rab, tashlab ketdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя