Главная » 2021 » Август » 18 » Surxondaryoda qochoqlar lageri qurilgani ma’lum bo‘ldi
19:51

Surxondaryoda qochoqlar lageri qurilgani ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston hukumati Surxondaryoda chodirlar shaharchasini tashkil etdi, u yerda Afg‘onistondan kelgan 100 dan ortiq qochqinlar joylashtirildi. Sputnik Uzbekistan 650 nafar afg‘on askari chegaradagi harbiy poligon yaqinidagi kovid-markaziga joylashtirilgani haqida xabar bermoqda.

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi chodirli lagerga 100 dan ortiq afg‘onistonlik qochqinlarni joylashtirdi. Bu haqda «Gazeta.uz» ga lagerdagi tibbiy markazda ishlaydigan shifokorlardan biri xabar berdi.

Sputnik Uzbekistan ma’lumotlariga ko‘ra, qochqinlar soni 150 ga yaqin, ulardan 17 nafari ayollar va bolalar.

Joylashtirishdan oldin ularning barchasi koronavirus infeksiyasiga tekshirilgan — virusni yuqtirganlar aniqlanmagan. Bundan tashqari, agentlik xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga samolyot orqali kelgan 650 ga yaqin afg‘on harbiylari mahalliy harbiy poligon yaqinidagi kovid-markazida vaqtincha joylashtirilgan.

Yaqinda Bosh prokuratura 585 nafar (umumiy 669 kishi) qurollangan afg‘on askari bo‘lgan 22 ta harbiy samolyot va 24 ta vertolyot mamlakat havo hududini kesib o‘tgani haqida xabar bergan va keyinchalik ushbu xabarni oxirigacha tasdiqlanmagan deb atagan edi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: lageri, Surxondaryoda, Qochoqlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя