Главная » 2020 » Февраль » 15 » Surxondaryoda sakkiz yoshli o‘g‘lini 2 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
18:41

Surxondaryoda sakkiz yoshli o‘g‘lini 2 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi


Termiz shahrida yashovchi ayol voyaga yetmagan o‘g‘lini Angor tumanidagi oshxonalarning birida 2 000 000 so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan

Surxondaryo viloyati Angor tumanida 2020 yilning 5 fevral kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departament viloyat boshqarmasi Angor tuman bo‘limi, Angor tuman Ichki ishlar bo‘limi, Angor tuman Davlat xavfsizlik xizmati va Angor tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmatiga ko'ra, mazkur o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Termiz shahrida yashovchi U.M. ismli ayol voyaga yetmagan o‘g‘li, 2012 yilda tug‘ilgan M.M.ni fuqaro O.B. ismli ayolga Angor tumanidagi oshxonalarning birida 2 000 000 so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. 

13 fevral kuni holat yuzasidan U.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Manba: "kun.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя