Главная » 2020 » Июнь » 4 » Ta’lim tashkilotlari, ko‘ngilochar ob’ektlar hali ochilmaydi
05:20

Ta’lim tashkilotlari, ko‘ngilochar ob’ektlar hali ochilmaydi


BARChA HUDUDLARDA ularning toifasidan qat’i nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinmoqda:
- jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati ob’ektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, uch kishidan ortiq yig‘ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanishi;
- ta’lim tashkilotlari (maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar) faoliyatini yo‘lga qo‘ymaslik;
- ko‘ngilochar ob’ektlar — tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik; 
- konsert, kinoteatr va sport tadbirlarini (professional futbol klublari o‘quv mashg‘ulotlari va O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlari bundan mustasno) o‘tkazmaslik;
- jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;
- dehqon, qurilish bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik do‘konlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37*S va undan yuqori bo‘lgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini ko‘rish;
- barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan ta’minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini ta’minlash;
- qurilish-ta’mirlash ishlarida ob’ektlarning hududi to‘liq karantinga olinishi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda ob’ektlarda sanitariya-gigiena tadbirlarining amalga oshirilib borilishi. Bunda, ushbu tashkilotlarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiena qoidalariga to‘liq rioya qilish, o‘z faoliyatini faqatgina tegishli ob’ekt hududi doirasida tashkil etish. 
“Qizil” toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek, “yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini o‘rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Shuningdek, Karantin sharoitida umumiy ovqatlanish ob’ektlari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartib hamda Karantin sharoitida ruxsat berilgan faoliyat turi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik sub’ektlarida sanitariya-epidemiologik nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.
Shu bilan birga, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasiga faoliyati tiklanayotgan sohalarda va tadbirkorlik sub’ektlarida karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya etilishi ustidan NAZORATNI amalga oshirish topshirildi. 

Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: rasman, ko‘ngilochar ob’ektlar, Ta’lim tashkilotlari, hali ochilmaydi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя