Главная » 2021 » Сентябрь » 29 » Tadbirkorlar Mirziyoyevdan “maska-shou”lar qaytarilmasligi uchun kafolat so‘rashgan
12:59

Tadbirkorlar Mirziyoyevdan “maska-shou”lar qaytarilmasligi uchun kafolat so‘rashgan


Andijonda tadbirkorlar O‘zLiDePdan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda “maska-shou”lar qaytarilmasligini kafolatlab berishni so‘ragan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev viloyatda saylovchilar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deya xabar qildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev.

“Tadbirkorlar hatto Konstitutsiyamizni o‘zgartirishni so‘rashyapti. Ular o‘z huquqlari ta’minlanishini, oldingi “maska-shou”lar qaytarilmasligi Konstitutsiya bilan kafolatlanishini istashyapti”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, kuchli qonun himoyasi bo‘lmagan joyga investitsiya kiritish, rivojlanishga erishish masalasi gumon ostida qoladi. Shu bois, qonun ustuvorligi va qonun oldida barchaning tengligi prinsipi amalda to‘liq kafolatlanishi shart.

Ma’lumot uchun, Andijonda Shavkat Mirziyoyevning saylovchilar bilan uchrashuvi Andijon viloyat Nuroniylar jamg‘armasi raisi, nomzodning  ishonchi vakili – O‘ktamjon Oxunov moderatorlik qilmoqda. Uchrashuv Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida bo‘lib o‘tmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Mirziyoyev, tadbirkorlar, maska-shou, kafolat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя