Главная » 2020 » Февраль » 23 » Tailandda 35 bemordan 21 nafari koronavirusdan to‘liq sog‘aydi
19:19

Tailandda 35 bemordan 21 nafari koronavirusdan to‘liq sog‘aydi


Tailanddagi shifoxonalarda davolanayotgan koronavirus bilan kasallangan bemorlarning 21 nafari to‘liq sog‘ayib ketdi. Bu haqida 

Tailand sog‘liqni saqlash vazirligining doimiy kotibi Sukxum Kanchanapximay yakshanba, 23 fevral kuni Bangkokda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilgan.

“COVID-19 infeksiyasiga chalingan va shifoxonada davolanayotgan 35 kishidan 21 nafari to‘liq sog‘aydi. Ularning barchasiga uylariga javob berilgan”, deb ma’lum qilgan kotib. 

"Shu ma’noda bizda 14 bemor davolanishni davom ettirmoqda. Ularning aksariyati shifo topishga harakat qilmoqda, faqatgina ikki nafar bemorning ahvoli og‘irligicha qolmoqda”, deya qo‘shimcha qildi u.

Sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining ta’kidlashicha, 21 fevral holatiga ko‘ra, koronavirusdan izolyatsiya qilingan bemorlar soni 1355 kishini tashkil etadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя