Главная » 2018 » Январь » 29 » “Taksi 5” filmining tizeri chiqdi (video)
21:34

“Taksi 5” filmining tizeri chiqdi (video)


Fransiyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan “Taksi 5” filmining tizeri e‘lon qilindi. Bu haqda Afisha Daily xabar bermoqda.

Bir necha soniya davom etgan tizerda avvalgi qismlar yulduzi Bernar Farsini ko‘rish mumkin. Biroq filmning hammaga yaxshi tanish qolgan aktyorlari, xususan Sami Naseri yangi qismda suratga tushmagan.

“Taksi 5” da bosh rollarni Frank Gastambid va Malik Bentalxa ijro etgan. Bundan tashqari, Gastambid film ssenariy muallifi va rejissori vazifasini ham bajargan.

Film syujetiga ko‘ra, muvaffaqiyatli politsiyachi notanish taksi haydovchisidan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketayotgan italiyalik xavfli guruhni to‘xtatishda yordam berishini so‘raydi.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Taksi 5, Taxi, taksi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя