Главная » 2021 » Март » 25 » Taksi haydovchisi 19 yoshli qizni kimsasiz joyga olib borib bosqinchilik qildi
10:46

Taksi haydovchisi 19 yoshli qizni kimsasiz joyga olib borib bosqinchilik qildi


2021-yilning 15-mart kuni soat 19:00 larda «Nexia-2» rusumli avtomashina haydovchisi bo‘lgan noma’lum shaxs Toshkent viloyati, Zangiota tumani Xonobod MFY.dan 19 yoshli Zamira A.ni «Bek-baraka» savdo majmuasiga 30 000 so‘m evaziga olib borib qo‘yish maqsadida mijoz sifatida oladi.

So‘ng uni Zangiota tumani O‘rtaovul MFY. hududidagi kimsasiz joyga olib borib qo‘lidagi pichoqchani tirab, qo‘rqitib, «LG» rusumli telefon apparati, bir juft tilla ziragi, 150.000 so‘m pul mablag‘larini bosqinchilik yo‘li bilan olib, hodisa joyidan qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 34 yoshli Jamshid X. sodir etganligi, qurol sifatida foydalangan pichoqcha tirnoq olish uchun mo‘ljallangan «kusachka» ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jamshid X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «a» bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bosqinchilik, taksi, Qizni, haydovchisi, kimsasiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя