Главная » 2020 » Февраль » 29 » Talaba qiz 17 ta yangi sayyorani kashf qildi. Ulardan birida hayot bo‘lishi mumkin
08:33

Talaba qiz 17 ta yangi sayyorani kashf qildi. Ulardan birida hayot bo‘lishi mumkin


Kanadadagi Kolumbiya Universiteti talabasi Mishel Kunimoto 17 ta yangi sayyorani kashf etishga muvaffaq bo‘ldi. Ulardan ba’zilarida hayot bo‘lishi ham mumkin. Fizika va astronomiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bu talaba qiz bir necha yil davomida “Kepler” teleskopi orqali samoni kuzatdi, va nihoyat maqsadiga erishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, aniqlanganlar orasida 13 ta sayyoraning hajmi Yerdan bir necha barobarga katta.
“Kepler” teleskopi 2009-yilda ixtiro qilingan bo‘lib, teleskopning asosiy vazifalaridan biri ekzosayyoralarni qidirish. U orqali olingan ma’lumotlar asosida olimlar Quyosh tizimidagi 2600 ta ekzosayyorani kashf etishdi.
Kunimotoning eng qiziq kashfiyoti – “KIC-7340288 b” planetasi bo‘ldi. Uning hajmi Yerdan bir yarim barobar katta. 
Bu sayyora bizdan ming yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. Shu bois unga yaqin vaqt ichida borishning imkoni yo‘q. Bu rostdan ham hayajonli topilma. Chunki hozirgacha “Kepler” tomonidan bor-yo‘g‘i 15 donagina ilmiy isbotlangan sayyora topilgan.
“KIC-7340288 b” sayyorasida bir yil 142 kundan iborat va u o‘z yulduzi atrofidan 0,444 astronomik birlik uzoqligida aylanadi.
Boshqa 16 ta yangi aniqlangan sayyoralar ichida eng kichigi Yer hajmining uchdan ikki qismi kattaligida keladi. Bu – “Kepler” teleskopi yordamida topilgan sayyoralar orasida eng kichigi bo‘lib turibdi.
Har safar sayyora o‘z yulduzi atrofidan aylanganida uning nurini ma’lum muddat to‘sib qo‘yadi. Ayni shu vaqtni hisoblab chiqib, sayyora haqida umumiy xulosa chiqarish mumkin.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя