Главная » 2020 » Март » 10 » Talaba va o‘quvchilar “soqqasini” to‘lasa, o‘qishga formasiz boraversa ham bo‘ladimi?
22:44

Talaba va o‘quvchilar “soqqasini” to‘lasa, o‘qishga formasiz boraversa ham bo‘ladimi?


Ijtimoiy tarmoqlarda OAV tomonidan efirga uzatilgan “Pulini to‘lab qo‘yib, o‘qishga formasiz borish mumkinmi?" mazmunidagi lavha turli talqinlarni keltirib chiqardi. Lavhaga asosan talabalar o‘qishga formasiz kelishi uchun bir yilda 2,23 million so‘m to‘lashi va bir yillik litsenziya olishi mumkin bo‘ladi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bunga munosabat bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaзирлиги ushbu xabarlar noto‘g‘ri ekanligini rasman ma’lum qildi. 

Aytilishicha, vazirlik tizimda talaba va o‘quvchilarning kiyinishi bo‘yicha bunday g‘ayriqonuniy tartib-qoidalar o‘rnatilishga yo‘l qo‘ymaydi. 

Shuningdek, ushbu video lavhaga O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ham munosabat bildirdi.

Vazirlik mazkur xabarlar noto‘g‘ri ekanligini ta’kidlagan va vazirlikning bunday “tashabbusi” haqida xabari yo‘qligini qayd etgan.

Ta’kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi "Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 666-sonli qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan bo‘lib, mazkur nizomda o‘quvchining tashqi ko‘rinishiga bo‘lgan talablar keltirib o‘tilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя