Главная » 2020 » Декабрь » 18 » Talabalar reyting daftari bekor qilinadi
08:51

Talabalar reyting daftari bekor qilinadi


Keyingi o‘quv yilidan O‘zbekistondagi 46 ta oliy ta’lim muassasasida talabalarning reyting daftarchasi va guruh jurnali bekor qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Alisher Abdullayev matbuot anjumani vaqtida aytib o‘tdi.

“2020-2021 yilgi o‘quv yilidan 46 ta ta’lim muassasasi krdeit-modul tizimiga o‘tdi. Bu tizimga o‘tgan OTMda keyingi o‘quv yilidan reyting daftari va guruh jurnali bekor qilinadi”, deydi Alisher Abdullayev.

Uning qayd etishicha, bu shaffoflik va talabalar, professor-ustozlar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. 

Shuningdek, Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent davlat Axborot texnologiyalari universitetining Toshkent viloyati filiali tashkil etiladi hamda Guliston davlat universitetida Axborot texnologiyalari fakulteti ochiladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: talabalar, reyting daftari, bekor qilinadi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя