Главная » 2020 » Январь » 11 » Talabalarga stipendiya berish avvalgi tartibga qaytadi
08:03

Talabalarga stipendiya berish avvalgi tartibga qaytadi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev "beshlik" va "to‘rtlik" stipendiyalar yana qaytishi mumkinligini ma`lum qildi.

Deputat Kusherbayevga ko‘ra, kecha, 9-yanvar kuni Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bilan talabalarga stipendiya tayinlash tartibi bo‘yicha hukumat qarori loyihasi muhokama qilingan.

“Ko‘pchilik talabalarning murojaatlarini inobatga olgan holda bildirilgan takliflar ham loyihada aks ettirilib, ushbu qaror qabul qilinishi bilan a’lochi, faol, besh bahoga o‘qiyotganlar ilgarigidek yuqori, to‘rtga o‘qiyotganlar esa o‘z nomi bilan to‘rtlik, uch bahoga o‘qiganlar esa uchlik stipendiya olishi kutilmoqda.

Oddiy aytganda har kim o‘z intilishi va izlanishiga qarab stipendiya oladi.

Loyihada yana bir qator yaxshi yangiliklar bor. Yaxshisi tez kunlarda qabul qilingach bilib olamiz.
Nasib bo‘lsa hujjat tez kunlarda qabul qilinadi", deydi deputat o‘zining Telegram kanaliga joylagan xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston OTMlarida davlat granti va to‘lov-kontraktda o‘qiydigan barcha talabalarga bir xil 400 ming so‘m stipendiya belgilangan edi.

Shuningdek, bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ldi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя