Главная » 2020 » Декабрь » 20 » Tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan “Muhtasham yuz yil” seriali qahramonlari (foto)
23:22

Tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan “Muhtasham yuz yil” seriali qahramonlari (foto)


“Muhtasham yuz yil” teleseriali ilk bor namoyish etilganidan beri oradan 9 yil o‘tdi. Bu vaqt ichida serialda ishtirok etgan aktyor va aktrisalar juda o‘zgarib ketganligining quyida guvohi bo‘lish mumkin. Ayrimlari tashqi ko‘rinishi ustida yangi o‘zgarishlar olib borgan bo‘lsa, afsuski, ba’zilari ortiqcha vaznga ham ega bo‘lgan.

Beyxon sulton – Pinar Chaglar

Foto: “Yandeks Dzen”

Serial qahramonlarining biri – Beyxon sultonning chiroyi uning atrofidagi go‘zal opa-singillari fonida yanada ko‘rimsizlashganini payqash oson. Ammo 9 yil ichida amalga oshirilgan go‘zallik muolajalariga ko‘ra, Pinar hattoki plastik jarrohlar xizmatidan foydalanganligini taxmin qilish mumkin.

Esmaxon sulton – Ejem Chalik

Foto: “Yandeks Dzen”

Serialda juda yosh bo‘lgan Esmaxon oradan yillar o‘tib, go‘zal xonimga aylandi. Aktrisaning ko‘plab muxlislari uning yangi qiyofasidan mamnun. Shuningdek, qizg‘ish rangdagi sochlar unga juda yarashgan.

Vazir Ibrohim – O‘kan Yalabik

Foto: “Yandeks Dzen”

“Muhtasham yuz yil” serialining eng mashhur va munozaralarga boy qahramonlaridan birini ijro etgan aktyor ko‘plab muxlislarga ega ekanligi shubhasiz. Ammo so‘nggi vaqtlarda O‘kan o‘zining tashqi qiyofasi bilan ularni xafa qilmoqda.

Nurbahor xotun – Irem Xelvajio‘g‘li

Foto: “Yandeks Dzen”

Serialda soddagina obrazda namoyon bo‘lgan Nurbahorni yangicha go‘zallikda tanib olish juda qiyin. Iremning hozirda Anjelina Joliga o‘xshashligi uning plastik jarrohlik yordamida tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarishlarga erishganidan dalolat beradi.

Sulaymonning yoshligi – Erol Ayvaz

Foto: “Yandeks Dzen”

Kartinada yosh shahzoda Sulaymon rolini ijro etgan Erol Xalit Ergenchga o‘xshashligi bilan barchaning yodida qolgan edi. Ammo oradan o‘tgan yillardan so‘ng bu o‘xshashlik deyarli sezilmay qoldi.

Rassom Luka – Sechkin O‘zdemir

Foto: “Yandeks Dzen”

Hozirgi Sechinga qarab u serialda kamtarin rassom rolini ijro etganiga ishonish biroz mushkul.

Shirin xotun – Bushra Pekin

Foto: “Yandeks Dzen”

Go‘zal hamda quvnoq mato sotuvchisi Shirinni serialda to‘lachaligini ko‘rish mumkin. Ammo uning avvalgi ko‘rinishidan hozir asar ham qolmagan. Aktrisa nafaqat ortiqcha vazndan xalos bo‘lgan, balki soch turmagini ham o‘zgartirgan. Shirin va Bushra orasidagi tafovutga qarab, uning go‘zallikda muvaffaqiyatga erishganini ko‘rish mumkin.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Muhtasham yuz yi, ” seriali, o‘zgargan, (Foto), Tanib bo‘lmas darajada, qahramonlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя