Главная » 2017 » Август » 20 » Taniqli futbol sharhlovchisi va jurnalist Xayrulla Hamidov yana televideniega qaytdi
17:28

Taniqli futbol sharhlovchisi va jurnalist Xayrulla Hamidov yana televideniega qaytdi


Bugun soat 21:00 da «Sport» teleradiokanalining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efiri orqali uzatiladigan Italiya «A» Seriyasining yangi mavsumi birinchi turi uchrashuvlaridan biri — «Yuventus» - «Kalyari»ni Xayrulla Hamidov sharhida tomosha qilishingiz mumkin.

Sharh mobaynida Xayrulla Hamidov telekanal direktori Zohid Karimov bilan tandemda bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Xayrulla Hamidov 1999–2006 yillarda ham «Sport» telekanalida faoliyat ko‘rsatgan va o‘zining sharhlari va teleko‘rsatuvlari bilan futbol muxlislari o‘rtasida shuhrat qozongan edi.

Biz ko‘p ming sonli futbol ishqibozlari nomidan jurnalistning o‘zining sevimli ishi bilan shug‘ullanishi va kelgusidagi mehnatlarida zafarlar tilaymiz.

 


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Xayrulla Hamidov yana televideniega, sharhlovchisi va, jurnalist, Taniqli futbol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя