Главная » 2021 » Октябрь » 22 » Taniqli Gollivud aktyori suratga olish vaqtida operator va rejissyorni otib qo‘ydi (foto)
14:16

Taniqli Gollivud aktyori suratga olish vaqtida operator va rejissyorni otib qo‘ydi (foto)


Gollivud aktyori Alek Bolduin Nyu-Meksiko shtatidagi Santa- Fe shahri yaqinida bo‘lib o‘tayotgan vestern janridagi "Rust" ("Zang") filmini suratga olish jarayonida tasodifan operator Galina Xatchins va rejissyor Joel Sousni otib qo‘ydi. Bu haqda “The Hollywood Reporter” xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, filmda jinoyatchi rolini o‘ynayotgan Bolduin epizodda bo‘sh patronli to‘pponchadan o‘qqa tutishi kerak bo‘lgan. Qurol rekvizit sifatida ishlatilgan. 

Oqibatda 42 yoshda bo‘lgan Galina Xatchins olgan jarohatlaridan vafot etgan. 48 yoshli Joel Sous shifoxonaga yotqizilgan, uning ahvoli og‘ir. Politsiya tergov boshlagan, hozircha aktyorga hech qanday ayblov qo‘yilmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Xatchins Ukrainada tug‘ilgan, uning otasi Shimoliy qutb doirasidagi Sovet harbiy bazasida xizmat qilgan. U 2015 yilda AQSHda kinematografiya bo‘yicha ta’lim olgan va Gollivudda o‘z faoliyatini boshlagan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: OperaTor, otib qo‘ydi, Taniqli, Gollivud, aktyori, (Foto) | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя