Главная » 2021 » Май » 6 » Taniqli oshpaz ming dollarlik steyk tayyorlanadigan restoran ochmoqchi
11:20

Taniqli oshpaz ming dollarlik steyk tayyorlanadigan restoran ochmoqchi


Turkiyalik mashhur oshpaz Nusret Gyokche may oyining oxirida Londonda restoran ochishni rejalashtirmoqda. Yemakxona sof tilla bilan qoplangan steyklarni dasturxonga tortadi, deb yozadi LAD Bible.

Ta’kidlanishicha, oshpaz tomonidan ishlab chiqilgan taomnomadan «Oltin tomagavk» joy olgan. Bu 24 qirotli oltin bilan qoplangan mol go‘shtidan tayyorlangan steykdir. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunday taomning bir porsiyasi ming dollarni tashkil etadi.

Restorator Nusr-Et nomli muassasalar tarmog‘iga egalik qiladi. Gyokche restoranlariga aktyor Leonardo Di Kaprio, fransuz futbolchisi Pol Pogba, sobiq futbolchi Devid Bekxem kabi yulduzlar tashrif buyurishgan.

Nusret Gyokche 2017-yilning yanvar oyida steyk tayyorlash jarayoni suratga olingan videosi Twitterda joylangach, yashin tezligida tarqalib, 48 soat ichida ikki milliondan ortiq ko‘rilgach mashhur bo‘lib ketdi. Ayniqsa, oshpazning qo‘lini ko‘tarib, steykka tuz sepish usuli tomoshabinlarni o‘ziga jalb qildi. 2018-yilda u Nyu-Yorkda o‘zining birinchi steyk-xausini ochgach, oshpazga bo‘lgan yana-da ortdi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ochmoqchi, STEYK, Taniqli, Restoran, oshpaz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя