Главная » 2020 » Май » 13 » Taniqli turk aktrisalarining bolalikdagi suratlari (foto)
18:07

Taniqli turk aktrisalarining bolalikdagi suratlari (foto)


Serial va filmlardagi betakror obrazlari bilan tanilgan turk aktrisalari bolaligida qanday ko‘rinishga ega bo‘lgani ko‘pchilikka qiziq. Quyida aktrisalarning bolalikdagi suratlari e’tiboringizga havola etiladi.

Beren Saat (36 yosh)

“Ko‘sem” seriali yulduzi bolaligida musiqa bilan jiddiy shug‘ullangan. U juda yaxshi qo‘shiq aytgan va tanlovlarda qatnashgan. Beren iste’dodi uchun o‘nlab mukofotlarni qo‘lga kiritgan. Biroq u xonandalikni emas, aktrisalikni tanlagan.

Maryam Uzerli (36 yosh)

Aktrisaning otasi turk, onasi nemis millatiga mansub. U 5 yoshida birinchi rolini ijro etgan. Uning debyuti otasining do‘sti rahbarligidagi teatr sahnasida bo‘lgan. Maryam maktabdagi bayramlarda ham faol qatnashib, sahna chiqishlarida turli rollarni ijro etgan. U bolaligidan aktrisa bo‘lishni orzu qilgan. “Muhtasham yuz yil” serialidagi Xurram obrazi uni butun dunyoga mashhur qildi.

Pelin Karaxan (35 yosh)

“Muhtasham yuz yil” serialining yana bir yulduzi Pelin to‘liq bo‘lmagan oilada voyaga yetgan. Qizchani onasi tarbiyalab o‘stirgan. Pelin maktabda yaxshi o‘qigan, so‘ng universitetning turizm fakultetiga o‘qishga kirgan.

Uning aktrisalik faoliyati reklama roliklaridan boshlangan.

Fahriye Evjen (33 yosh)

Fahriye Germaniyada tug‘ilgan. Otasi turk, onasi esa qorachoy-cherkasiyalik. Fahriye bolaligida basketbolga qiziqqan, teatr studiyasiga qatnagan, kitob o‘qishni yoqtirgan. Aktrisaning karyerasi Istanbul shahriga sayohatdan boshlangan. Chiroyli qiz rejissorlar e’tiboriga tushgan va uni “Hech qachon unutma” seriali kastingiga taklif qilishgan.

Xande Erchel (26 yosh)

Xandening ijodiy qobiliyatlari bolaligidayoq namoyon bo‘lgan. U maktabdagi teatrda rollar ijro etgan. So‘ngra tasviriy san’at universitetiga o‘qishga kirgan. Xandening karyerasi Ozarbayjonda o‘tgan go‘zallik tanlovidagi ishtirokidan boshlangan. Ushbu tanlovda Xande ikkinchi o‘rinni egallagan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: (Foto), Turk, Taniqli, aktrisalarining, bolalikdagi, suratlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя