Главная » 2020 » Декабрь » 9 » Taniqli turk aktrisasi turmush qurmay, homilador bo‘ldi. Muxlislar g‘azabda (FOTO)
21:56

Taniqli turk aktrisasi turmush qurmay, homilador bo‘ldi. Muxlislar g‘azabda (FOTO)


Homiladorlikning so‘nggi oylarida bo‘lgan taniqli turkiyalik aktrisa Maryam Uzerlining fotosurati Turkiyada jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi.

Yaqinda arab muxlislarining tajovuzkorligini izohlagan Maryam bu safar vatandoshlarining tushunmovchiligiga duch keldi.

Aktrisa ijtimoiy tarmoqqa homiladorligi sezilarli darajada bilingan suratni joylashtirgandan so‘ng, Uzerlining noqonuniy farzandlari haqida salbiy izohlar bildirila boshlandi.

Turkiyalik muxlislarning noroziligiga sabab shuki, aktrisa homiladorlikning so‘nggi oylarida, ammo amerikalik sevgilisi bilan hamon rasman turmush qurmagan.

“Bolalar nikohsiz tug‘ilmasligi kerak. Biz to‘g‘ri jamiyatda yashayapmiz va jamiyat o‘z qoidalarini belgilaydi: Maryam, munosabatlarni qonuniylashtiring», – deb yozgan yulduzning turk muxlislari.

Uzerli vatandoshlarining reaksiyasiga ancha bosiqlik bilan munosabat bildirdi va unga quyidagicha izoh berdi:

«Menga qanday munosabatda bo‘lishingizdan qat’i nazar, barchangizni juda yaxshi ko‘raman. Shaxsiy hayotimga emas, balki rollarimga e’tiboringizni qarating. To‘yga kelsak, albatta, bo‘ladi, lekin hozir emas, balki koronavirus pandemiyasi tugaganidan keyin. Men ajoyib to‘y qilmoqchiman va o‘z orzuimni amalga oshiradigan kunlarni kutaman".


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Taniqli, (Foto), Homilador, aktrisasi, turmush qurmay, g‘azabda, Turk, muxlislar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя