Главная » 2020 » Сентябрь » 5 » Tarixdagi eng arzon MacBook sotuvga chiqariladi
14:48

Tarixdagi eng arzon MacBook sotuvga chiqariladi


Apple kompaniyasi o‘z tarixida ilk bor eng arzon MacBook sotuvini yo‘lga qo‘yish ostonasida turibdi. Uning narxi oddiy mijozlar uchun 849 dollardan, talabalar uchun 799 dollardan boshlanadi. Bu haqda ixbt.com ma'lumot berdi. 

Ma’lumotga ko‘ra, MacBook'ga 12 dyuymli Retina ekran o‘rnatiladi. U 8 yoki 16 GB tezkor xotira, 256 dan 1 TB gacha bo‘lgan SSD, Facetime HD kamerasi bilan ta’minlanadi. Quvvatining ishlash muddati 15 dan 20 soatgacha yetadi. U bitta USB Type-S porti, "kapalak" mexanizmli to‘rtinchi avlod klaviaturasiga ega bo‘ladi. Og‘irligi esa taxminan 900 gramm.

Yangi MacBook'ning ranglari kumushrang, oltinrang va to‘q kul rang bo‘ladi. 

Shunday qilib, yangi MacBook Apple tarixidagi eng arzon noutbukga aylanishi mumkin.

Hozirgi kunda AQSHdagi eng arzon noutbuk - Apple kompaniyasining 13 dyuymli MacBook Air'i hisoblanadi. Uning narxi 999 dollardan boshlanadi (talabalar uchun 899 dollardan).


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Eng arzon, sotuvga chiqariladi, MacBook, tarixdagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя