Главная » 2019 » Декабрь » 18 » Tashkent City’da Hojiboy Tojiboyev haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
21:38

Tashkent City’da Hojiboy Tojiboyev haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyevning Tashkent City majmuasidagi istirohat bog‘i tarkibida o‘rnatilgan haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad xabar bermoqda.

 

Marosimda jurnalist, boshlovchi Muhabbat Hamroyeva boshlovchilik qildi. Hojiboy Tojiboyevning haykali ochilish marosimida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ashraf Jo‘rayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov, Madina Muhtorova, Hojiakbar Komilov, kulgu ustasi Valijon Shamsiyev, Hojiboy Tojiboyevning rafiqasi Shahlo Tojiboyeva, qizlari Intizor, Ruhangiz va Madinabonu Tojiboyevalar hamda Hojiboy Tojiboyevning yaqinlari, shogird va muxlislari ishtirok etdi.

 

Marosimga yig‘ilgan so‘z va kulgu ustalari, Hojiboy Tojiboyevning shogirdlari Hojiboy Tojiboyevni xotirladi, uning o‘zbek qiziqchilik san’atida tutgan o‘rni, kundan kunga uning san’ati ommalashib borayotgani haqida so‘zladi.

 

 



 

 

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyev 1955-yil 25-avgust kuni tug‘ilgan. “Buxoro-o-o!”, “Kalla qo‘ygan Zidan”, “Borma, kuyasan! Ana kuyding!”, “Hozir borib sev!”, “Yangi boylar va traktorchilar haqida” kabi ko‘plab iboralari va hazillari bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish. Hojiboy Tojiboyev 2008-yili 53 yoshda vafot etgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя