Главная » 2021 » Октябрь » 16 » «Tashkent city» dam olish va istirohat bog‘i sotuvga qo‘yildi
09:32

«Tashkent city» dam olish va istirohat bog‘i sotuvga qo‘yildi


Tashkent city xalqaro ishbilarmonlik markazi Ma’muriy kengashining tegishli qaroriga muvofiq, Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan Tashkent city xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi zamonaviy dam olish va istirohat bog‘ini baholangan qiymatda ochiq tanlov savdolari orqali sotish rejalashtirilgan. Bu haqida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.

Shunga ko‘ra, ushbu zamonaviy dam olish va istirohat bog‘ini kelgusida xususiylashtirish va undan kelgusida foydalanish talablari, shuningdek xususiylashtirish shartlari va shakllari bo‘yicha «Master plan» ishlab chiqish uchun professional tashkilot tanlab olish yuzasidan tanlov e’lon qildi.

«Master plandagi ob’yektni xususiylashtirish va undan kelgusida foydalanish bo‘yicha taklif etiladigan tartib va talablar O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiqligi, shuningdek ob’yektning soha hamda individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim», - deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilishicha, professional tashkilot «Master plan»ni ishlab chiqadi, u bo‘yicha barcha zaruriy xizmatlarni ko‘rsatadi.

Buyurtmachi ushbu e’lon bilan professional tashkilot va «Master plan»ga qo‘yiladigan dastlabki talablarni, shuningdek uning taklifining tuzilishini hamda tegishli tartibda baholanishini belgilaydi.

Professional tashkilotning taklifi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

— Ob’yektning tavsifi va undan kelgusida samarali boshqarish, yaratilgan ish o‘rinlarini saqlab qolish, daraxtlar va butalarni kesmaslik hamda ob’yekt hududida kapital qurilish ishlarini amalga oshirmaslik kabilarni inobatga olgan holda:

— Xaridorlar (investorlar) uchun ob’yektni xususiylashtirish bo‘yicha belgilanadigan talablar hamda ob’yektni xususiylashtirishning shartlari va shakllari;

— potensial xaridorlarni saralash uchun qo‘yiladigan talablar hamda xususiylashtirishdan oldin va undan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, ularning sabablari va yechimi yuzasidan «Master plan»ning batafsil tavsifi hamda ishni tashkil etish bo‘yicha professional tashkilotning oqilona tavsiyalari (40 ballgacha);

— Xizmat haqi taklifi. Bunda, xizmat haqi miqdori taklif etilayotgan «Master plan»ning strategiyasiga bog‘liq. Ish haqi miqdori va boshqa joriy harajatlar aniq ko‘rsatilishi kerak (40 ballgacha);

— Professional tashkilotning shunday xizmatlarni amalga oshirishdagi mavjud tajribasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (10 ballgacha);

—  «Master plan»ni ishlab chiqish nuqtai nazaridan tanlov bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan taklif. Taklif qilinayotgan tanlovda ishtirok etadigan jamoa to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shaxslarning (jismoniy va yuridik) ismlari(nomlari) va ular haqidagi ma’lumotlar: ish tajribasi va mazkur sohadagi faoliyati muddati (10 ballgacha);

— Belgilangan vazifalarni bajarish uchun yetarli vakolat, shuningdek inson, vaqt, moddiy resurslar mavjudligi to‘g‘risida yozma ariza.

Takliflar 2021 yil 25 oktyabr soat 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) qabul qilinadi.

«Master plan bo‘yicha ishlar professional tashkilot vakillari bilan o‘zaro hamkorlikda, zarur bo‘lganda ob’yektga tashrif buyurgan holda amalga oshiriladi. «Master plan»ni ishlab chiqish muddati buyurtmachi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Buyurtmachi o‘z xohishiga ko‘ra hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmagan holda, har qanday vaqtda tanlovni to‘xtatishi mumkin.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bog‘i, Tashkent City, sotuvga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя