Главная » 2020 » Июль » 17 » Tatyana Karimova koronavirusga chalingani rostmi?
20:26

Tatyana Karimova koronavirusga chalingani rostmi?


Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq birinchi xonim Tatyana Karimova koronavirusga chalingani haqida xabarlar tarqaldi.

Gap-so‘zlarning asosli yoki aksincha ekanini bilish uchun Qalampir nashri Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi bilan bog'landi. Tatyana Akbarovna Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi va fond vasiylik kengashi a’zosi hisoblanadi.

Jamg‘arma vakilining so‘zlariga ko‘ra, Tatyana Akbarovnaning salomatligi joyida. Uning koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar asossiz.

 

“Tatyana Karimova bugungi kunda Birinchi Prezidentimiz nomlarini abadiylashtirishga aloqador ishlar bilan bandlar. Karantin davrida ishni masofadan olib boryaptilar”, deydi yodgorlik majmuasi vakili.

Ma’lum bo‘lishicha, 71 yoshli Tatyana Karimova hozirda Toshkentdagi uyida yashayapti. Fond yoki majmua bilan aloqador muhim ishlar bo‘lsa, Tatyana Karimova bilan uchrashish imkoniyati ham bor.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: koronavirusga chalingani, Rostmi, Tatyana Karimova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя