Главная » 2021 » Февраль » 4 » Tayson yana ringga chiqadi. Uning keyingi raqibi kim bo‘lishi mumkin?
22:49

Tayson yana ringga chiqadi. Uning keyingi raqibi kim bo‘lishi mumkin?


Og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Evander Xolifild 2021 yilda Mayk Taysonga qarshi ringga ko‘tarilishga yaqin turibdi. Bu haqda “Metro” nashri yozmoqda.

“Agar mendan Tayson bilan yana ringga chiqish so‘ralsa, ha deyman. Bitimga yaqin turibmiz. O‘ylaymanki, ikkalamiz ham kurashmoqchimiz. Shunday ham bo‘ladi”, deydi Xolifild.

Ma’lumot o‘rinda, 58 yoshli Xolifild oxirgi marta 2011 yilda Brayan Nilsenga qarshi ringga ko‘tarilgan. Ushbu jangning o‘ninchi raundida Xolifild raqibini mag‘lubiyatga uchratgandi.

Eslatib o‘tamiz, Xolifild Mayk Taysonga qarshi avval ham ringga chiqqan. 1996 yilda bo‘lib o‘tgan o‘sha jangda Xolifild Taysonni texnik nokaut uchratgan edi.

Tayson esa so‘nggi bor o‘tgan yilning noyabr oyida boshqa bir afsona Roy Jons bilan jang qilgan edi. 8 raund davom etgan jangda durrang qayd etilgan edi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Tayson, raqibi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя