Главная » 2018 » Февраль » 7 » Tayvandagi dahshatli zilzila va oqibatlari
20:28

Tayvandagi dahshatli zilzila va oqibatlari



Kecha, 6 fevral kuni kechqurun Xitoyning Tayvan oroli hududidagi Xualyan shaharchasida qattiq yer silkinishi kuzatildi.

6,4 magnitudali zilzila natijasida Tayvan sayyohlik markazi binosi va yana to‘rtta bino qulagan.

Rasmiylarning ma’lumotiga ko‘ra, zilzila oqibatida 258 kishi jarohatlangan, 6 kishi o‘lgan va 150 ga yaqin odam yo‘qolgan.

Xualyan shaharchasidagi binolar qulashi natijasida ko‘pchilik kishilar bino ichida qamalib qolgan.

Tayvan uchun eng achinarlisi sayyohlik markazi binosi ichida Xitoy, Chexiya, Singapur, Janubiy Koreya va Yaponiya fuqarolari ham bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar qutqaruvchilari yiqilgan va egilib qolgan binolar ichida qutqaruv ishlarini olib bormoqda. Ularning harakati natijasida yo‘qolgan va o‘lgan kishilar soni aniqlanmoqda.

Er silkinishi oqibatida ko‘plab ko‘chalarda yoriqlar hosil bo‘lgan va bir nechta ko‘priklar buzilgan. Hukumat yaqin vaqtlar ichida yana kamida 5 balli zilzila ro‘y berishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Tayvan Xitoyga qarashli o‘z-o‘zini boshqaruvchi davlat hisoblanadi. Bu yerda 2016 yilda ham shu kabi yer silkinishi sodir bo‘lgan. O‘shanda 7 magnitudali zilzila qayd etilgan va natijada 2000 kishi halok bo‘lgan.

Ikrom Rahmon


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: zilzila, Tayvand | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя