Главная » 2018 » Апрель » 12 » Tayyor turing! 100 ming so‘mlik kupyura chiqariladi
20:57
Tayyor turing! 100 ming so‘mlik kupyura chiqariladi

Markaziy bank yangi kupyura chiqarish rejalashtirilayotganligini tasdiqladi, biroq uning qachon chiqarilishi aniq sanasi noma’lum.

Yanvar oyi boshida Markaziy Bank 2018 yilgi vazifalar qatorida mayda kupyuralarni bosqichma-bosqich tangalarga almashtirish va yirikroq nominaldagi banknotalar chiqarishni sanab o‘tgan edi.

Mart oyi o‘rtalarida Senat 50, 100, 500 so‘m nominaldagi yangi namunadagi tangalar, shuningdek, 200 so‘mlik yangi tangani chiqarish taklifini ma’qulladi. Biroq banknota haqida so‘z yuritilmagan.

Shu munosabat bilan “Spot” internet nashri Markaziy bankka murojaat qildi va Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetovdan javob oldi.

Javobda 2018 yil davomida yirikroq nominaldagi banknotani muomalaga chiqarish rejalashtirilayotganligi ma’lum qilingan.

Unda, shuningdek, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, banknotalar namunalari va ularning dizaynlari Oliy Majlis Senati Kengashi bilan muvofiqlikda Markaziy bank tomonidan tasdiqlanishi, yangi kupyurani chiqarish bir qator tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirishni talab qilishi ta’kidlanadi.

Markaziy bank ayni paytda yangi kupyuralar chiqarilishi aniq sanasini ma’lum qila olmasligi ta’kidlanadi. Muddatlar aniqlanganda, mazkur ma’lumot Markaziy bank rasmiy saytiga joylashtiriladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 557 | Добавил: ADMIN | Теги: kupyura chiqariladi, 100 ming, so‘mlik, Tayyor turing | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |