Главная » 2018 » Апрель » 29 » Tayyor turing! Ob-havoda o‘zgarish bo‘ladi
01:40

Tayyor turing! Ob-havoda o‘zgarish bo‘ladi


Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ertaga, 30 aprel kuni Respublikada quyidagicha ob-havo kuzatiladi:

Toshkentda havo kechasi +16...+18, kunduzi +28...+30 daraja issiq bo‘ladi. Kechga yaqin yomg‘ir yog‘ib, 7-12 m/s tezlikda shamol ko‘tarilishi mumkin.

Farg‘ona vodiysida havo kechasi +10...+15, kunduzi +25...+30 daraja issiq bo‘lib, 5-10 m/s tezlikda shamol esib turadi.

Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo harorati kechasi +15...+20, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi. Kechga yaqin yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.

Navoiy va Buxoro viloyatlarida havo kechasi +17...+22, kunduzi +22...+27 daraja iliq bo‘ladi. 7-12 m/s tezlikda shamol esib, yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Surxondaryo viloyatida kechasi kechasi +17...+22, kunduzi +33...+38 daraja issiq bo‘lib, shamol tezligi 7-12 m/s ga yetishi mumkin.

Qashqadaryo viloyatida kechasi kechasi +17...+22, kunduzi +30...+35 daraja issiq bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi +14...+19, kunduzi +18...+23 daraja iliq bo‘ladi. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi.

Sunnatilla Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo, yomg'ir | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя