Главная » 2016 » Октябрь » 25 » Telefondagi bahayo suratlar...
14:56

Telefondagi bahayo suratlar...


— O‘g‘lim 16 yoshda. Yaqinda telefonini tekshira turib, behayo suratlar va videolarga ko‘zim tushdi. Biroz yoshroq bo‘lganida, albatta, koyigan bo‘lardim, ammo ulg‘ayib qoldi, u bilan bu mavzuda qanday gaplashishni bilmayapman...

Umida, 38 yosh, Jizzax viloyati

Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Feruza Akromova o‘z maslahatlari bilan yordam berishga  tayyor...

 — Ko‘pchilik onalar  darhol o‘sha behayo videolarni o‘chirib tashlash va farzandiga qattiq gapirish bilan muammoni hal etish mumkin deb o‘ylashadi. Zinhor va zinhor o‘g‘lingiz o‘ziga tegishli bo‘lgan, shaxsiy buyumi deb bilgan narsaga so‘roqsiz dahl qilganingizni bilmasin. Aks holda uning ishonchini va hurmatini yo‘qotib qo‘yishingiz hech gap emas. O‘smirlar hissiyotga beriluvchan bo‘lishadi, agar telefonini beruxsat tekshirganingizdan xabar topsa, jahl ustida maslahatlaringizning aksini bajarishi ham hech gap emas. Bu yoshdagi yigitlarga o‘zidan katta jinsdoshlari, akasi yoki otasi yigit kishining organizmida kechadigan o‘zgarishlar, umuman jinsiy hayot haqida tushuncha berishi zarur. Aslida ham bunday nozik pallada bola ongini qandaydir notanish  inson bergan noto‘g‘ri ma’lumot bilan to‘dirgandan ko‘ra, yaqinlari tushuncha bergani afzalroq. Gap orasida turli behayo suratlarni tomosha qilish zino ekanini va bundan buyon o‘g‘lingiz oilaning boshqa erkaklari qatorida xonadoningiz sha’nini saqlashga mas’ulligini ta’kidlab o‘tishni unutmang.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Telefondagi bahayo suratlar | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя