Главная » 2017 » Апрель » 2 » “Telefonimga haqoratli SMSlar ham kelmoqda”. Aktrisa Sitora Alimjonova Sharof Muqimov ishtirokidagi “to‘y fotosessiyasi”ga izoh berdi
08:39

“Telefonimga haqoratli SMSlar ham kelmoqda”. Aktrisa Sitora Alimjonova Sharof Muqimov ishtirokidagi “to‘y fotosessiyasi”ga izoh berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Sharof Muqimov va aktrisa Sitora Alimjonovaning to‘yi bo‘layotgandek tasavvur uyg‘otadigan foto va videomateriallar tarqaldi. Ularda xonanda va aktrisaning kelin-kuyov libosida, do‘stlari davrasida “to‘y”ni nishonlayotganini ko‘rish mumkin.

Bu foto va videolar odamlar orasida turli gap-so‘zlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad aktrisa bilan bog‘landi.

Muxlislarimizdan bu suratlarni jiddiy tushunmasliklarini so‘rab qolaman. Bu shunchaki oddiy bir loyiha uchun tayyorlangan sahna ko‘rinishi edi. Ammo uning suratlari tarqab ketgani bois, har kim har xil xayolga bordi, oqibatda shunaqa uydirma, asossiz gap-so‘zlar tarqaldi.

Shu voqeadan so‘ng ko‘plab muxlislardan, odamlardan salbiy fikrlar eshitdim, telefonimga haqoratli SMSlar ham kelmoqda. Agar to‘yim bo‘ladigan bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimda muxlislarimni, meni kuzatib borayotgan insonlarni xabardor qilaman.

Sitora Alimjonova, aktrisa


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Sharof Muqimov, Sitora Alimjonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя