Главная » 2018 » Апрель » 17 » Telegram o‘rniga «TamTam». Foydalanuvchilar yangi messenjerga ko‘cha boshladi
15:08
Telegram o‘rniga «TamTam». Foydalanuvchilar yangi messenjerga ko‘cha boshladi

Mail.ru Group holdingi 2017 yil mayida «Odnoklassniki» foydalanuvchilari uchun «OK soobщeniya» asosida «TamTam» messenjerini ishga tushirgandi. «OK soobщeniya» ishlatadiganlar yangilash tugmasini bosish orqali «TamTam» messenjerini o‘rnatishi mumkin qilib qo‘yildi.

Rossiyada Telegram bloklanishi ortidan internet nashrlar «TamTam» messenjeridagi sahifalarni rivojlantirishmoqda va o‘quvchilarini ushbu messenjerga jalb etishmoqda. Sud Telegram’ni bloklash haqida hukm chiqarishidan 2 kun o‘tib «TamTam» messenjeri foydalanuvchilari soni 10 baravar oshib, 40 mingdan ortiq kanal ochilgan.

Ushbu messenjerda «Odnoklassniki» bilan integratsiya saqlab qolingan, ammo yangi foydalanuvchilar bu saytda akkaunti bo‘lmagan holda, telefon raqami bilan yoki Google akkaunti orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi. Hozirda «TamTam»da chat-guruhlar ochish, suratlar, ovozli xabarlar jo‘natish, kanallar ochish, shuningdek, GIF-animatsiyalar, musiqa, video va stikerlar almashish, videoxabarlar, ovozli qo‘ng‘iroqlar va videoqo‘ng‘iroqlar jo‘natish mumkin.

«Tarona.net» ushbu messenjerdan foydalanishni ma’qul ko‘radigan o‘quvchilari uchun yangi kanal ochdi. Endilikda sayt xabarlarini ushbu kanal orqali ham kuzatib borish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 13 aprel kuni Moskva sudi «Roskomnadzor»ga Telegram’ni Rossiyada bloklashga ruxsat berdi. Messenjer foydalanuvchilarning xabarlarini ochish kalitlari taqdim etilmaguncha bloklanadi.

RASMIY KANALIMIZGA QO'SHILING!!!


Manba: "kun.uz"
Категория: Texnologiya | Просмотров: 450 | Добавил: ADMIN | Теги: TamTam, telegram | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |