Главная » 2020 » Апрель » 29 » Telegram orqali bir ayolni yengiltabiatga chiqargan shaxs qo‘lga olindi
17:58

Telegram orqali bir ayolni yengiltabiatga chiqargan shaxs qo‘lga olindi


Andijon viloyatining Marhamat tumanida yashovchi fuqaro J.A. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish moddasi va haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish moddalari bilan javobgarlikka tortildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ saytiga Marhamat tuman ma’muriy sudining raisi xabar bermoqda.

Kollej o‘quvchisi J.A 2020 yil fevral oyida Telegram messenjerida uyatli mazmunda yozilgan nom bilan profil hamda kanal ochadi. Bir necha oy davomida ayollarning behayo, yalang‘och fotosuratlari, pornografik mazmundagi videolar bilan “boyitib” boradi. Qarabsizki, bu vaqt ichida kanalga minglab yoshlar obuna bo‘lib, pornografik mazmundagi materiallarga to‘lgan kanaldan “bahramand” bo‘lib boradi.

J.A. tasodifiy har qanday telefon raqamlarni, xatto o‘zi tanimaydigan, umrida biror marta ham ko‘rmagan odamlarning raqamlarini kanalga kiritib, ularning egalarini esa yengil tabiatli ayollar foydalanadigan “assalhoney2”  va shu kabi nomlar bilan bezaydi.

Bu orada Toshkent shahrida yashovchi bir necha farzandning onasi, bir ibratli oilaning bekasi bo‘lmish ayolga notanish raqamlardan pul evaziga  ko‘ngilxushlik qilish takliflari kela boshlaydi. Oilada muhit taranglashadi. Ayol surishtirib, yuqoridagi kanaldan xabar topadi va J.A. dan uning telefon raqamini o‘chirib tashlashni talab qiladi. J.A. esa ayolni tilga olib bo‘lmas uyatli so‘zlar bilan haqorat qiladi. Shundan so‘ng, ayol huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.

Marhamat tuman ma’muriy sudi tomonidan mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41,189-moddalari bilan ish ko‘rilib, J.A.ga qilmishlari uchun jarima jazosi tayinlandi va huquqbuzarlik sodir etishda foydalangan uyali telefon apparati davlat foydasiga musodara qilinishi belgilandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yengiltabiatga chiqargan, shaxs qo‘lga olindi, Telegram | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя