Главная » 2017 » Август » 1 » Telegram orqali pul o‘tkazish xizmati ishga tushdi
12:13

Telegram orqali pul o‘tkazish xizmati ishga tushdi


Click to‘lov tizimi (inline bot) boti o‘rnatilganini ma’lum qildi. Endi uning yordamida Telegram-chatda suhbatdoshlar bir-birlariga plastik karta orqali pul o‘tkazishlari mumkin.

Xabarda ta’kidlanishicha, pul o‘tkazmasini amalga oshirish uchun chatdagi 2 kishi @clickuz deb yozib, probeldan keyin pul o‘tkazmasi summasini ko‘rsatishi lozim. Keyin bot suhbatdoshdan ko‘rsatilgan summani o‘tkazishni tasdiqlashni so‘raydi. Mazkur operatsiyani tugatish uchun bor yo‘g‘i bir juft Click kerak bo‘ladi.

Pul o‘tkazishning eng kam miqdori 5000 so‘mni tashkil etadi. Operatsiyani muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish uchun har ikki suhbatdosh @clickuz botidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Click, xizmati, ishga tushdi, pul o‘tkazish, orqali, Telegram | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя