Главная » 2017 » Июль » 24 » Poraxo‘rlik — ilmga ilk qadamdan boshlanmoqda
18:54

Poraxo‘rlik — ilmga ilk qadamdan boshlanmoqda


Qo‘qonda yangi o‘quv mavsumiga o‘rta ta’lim maktablarida tayyorgarlik qanday ketyapti?

Qo‘qon shahrida, hozirda, qirq bitta o‘rta ta’lim maktablari mavjud. Shu maktablardan 1, 4, 20, 21, 32, 41 — maktablarni rus sinflariga 200$, o‘zbek sinflariga 100$ dan, qolgan maktablar esa o‘rtacha ikki yuz mingdan, to‘rt yuz ming so‘mgacha bolalar qabul qilinadi. Bu ishlar qo‘qonlik oddiy odamlarga sir emas. Achinarlisi, bu holdan hokimiyat, xalq ta’limi va huquqni muxovaza qiluvchi organlarning xabari borligi, undan ham achinarlisi, shuncha pullar evaziga o‘qituvchilar bolalarga hech narsa bermayotgani.

Maktablarni yaxshi yoki yomonligini bolalarning bilimi bilan emas, tashqi ko‘rinishi va hulqi (ya’ni, nima desa “xop bo‘ladi”, deb turishi) bilan o‘lchanadi.

Yuqoridagi narxi qimmat maktablarni boshlang‘ich sinfida eng kamida qirqtadan-elliktagacha bola o‘qiydi. Dars soatini 45 daqiqa ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, bitta o‘quvchi uchun bir daqiqa ham vaqt ajratilmaydi. Bunday bo‘lishining asosiy sabablarini ko‘rib chiqishga harakat qilib ko‘rdim:

1. Hozirgi maktabdagi o‘qituvchilarni asosiy qismi mustaqillikdan keyin, poraxo‘rlik avjiga chiqqan davrda «QDPI» da pora evaziga o‘qib bitirganlar tashkil qiladi, ularda na davlat va na millat kelajagi qayg‘usi bor. Pul “rasxod” qilish bilan olgan mansabini, pulni chiqarib olish yo‘lida foydalanishadi.

2. O‘qituvchilarni yoppasiga ayollar tashkil qilishi. Hech birimizga sir emaski, ayollar erkaklarga nisbatan yaxshi hayot va boylikka o‘ch.

3. Eng asosiy sababi, o‘qituvchilarning oylik maoshi juda ozligi. O‘rtacha oylik, taxminan, 500-600 ming so‘m ekanligi. Bu bozor kursida hisoblasak, 60-70$ atrofida, kuniga 2$ dan. Mardikorning kunlik maoshi bundan ortiq.

Bu ketish bo‘lsa, bugungi kunimiz ham holva. Millat o‘ladi yaqin kunlarda.

Xo‘sh, nima qilish kerak?

1. Nafaqaga chiqqan, nafaqaga chiqarilgan xalq ichida «olmaydi», «nemis» deb tanilgan domlalarni ishga qaytarish kerak. Ishini tashlab ketgan haqiqiy mutaxassislar, pul yetmagani uchun chet-ellarga ketgan haqiqiy kasbini egalarini ham qaytarish kerak.

2. Shahar hokimiyatidan, xalq ta’limini be’mani majlislariyu, majburiy mehnatlaridan o‘qituvchilarni ozod etish kerak. Ana shundagina o‘qituvchi sharafli kasb bo‘ladi.

3. Zudlik bilan o‘qituvchilarni oyligini, hech bo‘lmaganda, milisiya va harbiylarning oyligi kabi ko‘tarish kerak. O‘qituvchi o‘quvchining ko‘ziga qarab qolgani — bu o‘sha o‘qituvchining xor bo‘lgani deganidir.

Ta’lim tizimini isloh etmas ekanmiz, o‘qituvchilarni obro‘sini ko‘tarmas ekanmiz, ularni majburiy mehnat, paxta terishlardan ozod etib, faqatgina o‘z sohasi bilan shug‘ullanishga qaytarmas ekanmiz har qanday islohot, yuksalish kabi jimjimador so‘zlar qog‘ozda qolib ketaveradi. Poraxo‘rlarni yetishtirishda davom etaveramiz.

Sayyid Islom


Manba: "fayzbog.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Maktab, poraxo‘rlik, ilmga ilk qadam, boshlanmoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя