Главная » 2020 » Август » 9 » Telfoningiz suvga tushib ketdi. Nima qilishni bilasizmi?
23:25

Telfoningiz suvga tushib ketdi. Nima qilishni bilasizmi?


"Sifrovie platformi" analitik markazining strategik aloqalar bo‘yicha direktori Aleksandra Gavrilova, agar smartfon suvga tushib ketsa va u yoqilmasa, uni qanday saqlab qolish kerakligi haqida tushuntirish berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy telefonlar suvga chidamli va agarda u tezda suvdan chiqarib olinsa, ehtimol unga zarar yetmasligi ham mumkin. Biroq har ehtimolga qarshi, uni o‘chirib faqatgina bir kundan keyin yoqish mumkin. Agar qurilma suvga chidamsiz bo‘lsa va "hayot alomatlari" bilinmasa, uni yoqishga, tugmachalarni bosishga va silkitishga urinishning hojati yo‘q. Bu tizimli platasi yoki alohida qismlarining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin - telefonning ba’zi elementlarini almashtirib bo‘lmaydi.

"Uni o‘zingiz quritishga urinmang - siz qismlarga zarar yetkazish xavfini tug‘dirasiz. Yaqin joylashgan ustaxonada qurilmani qismlarga ajratib, uning kerakli joylarini tekshirib, quritib berishlari mumkin, bu unchalik qimmat bo‘lmaydi. Bu yo‘lni tanlash orqali siz qimmat qismlarning almashtirilishidan yoki yangi smartfon sotib olishdan saqlanasiz", - deydi Gavrilova.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Telfoningiz, Nima qilishni bilasizmi, suvga tushib ketdi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя