Главная » 2021 » Июнь » 3 » Tep-tekis dala o‘rtasida kutilmaganda ulkan o‘ra paydo bo‘ldi — Meksika
09:06

Tep-tekis dala o‘rtasida kutilmaganda ulkan o‘ra paydo bo‘ldi — Meksika


Meksika markazidagi ekin maydonlaridan birida yer cho‘kib, taxminan 60 metr diametrli o‘ra hosil bo‘ldi. G‘ayriodatiy hodisa haqida CNN kanali xabar berdi.

Hodisa yuz bergan hudud — Puebla shtatidagi Santa-Mariya-Sakatepek munitsipaliteti. O‘raning chuqurligi 20 metrlar chamasi bo‘lib, suv bilan to‘lgan. Avvaliga eni 5 metrlar atrofida bo‘lgan o‘ra bir necha soat ichida juda kattalashib ketgan.

Dala maydonida yashovchi oila boshqa joyga ko‘chirilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, mahalliy hokimiyat mahalliy aholini bu yerga yaqinlashmaslikka chaqirdi. Yer cho‘kishi hodisasi sabablari o‘rganilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: dala, Meksika, ulkan, Tep-tekis, o‘ra | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя