Главная » 2018 » Июнь » 10 » Texnika va pedagogika universitetlarida amaliyot soatlari oshiriladi
01:01

Texnika va pedagogika universitetlarida amaliyot soatlari oshiriladi


2018—2019-o‘quv yilidan boshlab Oliy ta’lim muassasalarida amaliyot soatlari oshiriladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Dilmurod Nabiyev Facebook ijtimoiy tarmog‘ida bo‘lib o‘tgan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot vaqtida ma’lum qildi.

“Hozirda Oliy ta’lim muassalarida amaliyot soatlari juda kam, 1—2 haftani tashkil etadi. Shu sababli 2018—2019-o‘quv yilidan boshlab amaliyot soatlari har bir semestrda kamida 20 haftaga qadar yetkaziladi. Bunda, ayniqsa, pedagogika va muhandislik-texnika yo‘nalishlari uchun oshiriladi. Bundan tashqari yo‘nalishga qarab amaliyot vaqtini belgilash tizimini joriy etyapmiz.

O‘quv yili yakuni bo‘yicha yoki ikkinchi semestrda amaliyot o‘talsin degan tajribadan chekinyapmiz. Chunki ayrim OTMlar amaliyoti turlicha vaqtlarni talab qiladi. Masalan, Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi talabalar ekinlarning to‘rtta fasldagi bosqichini ko‘rishlari lozim, shuning uchun uchun amaliyotni to‘rtga bo‘lib o‘tishni taklif qilyapmiz. Pedagogika bo‘yicha amaliyotlar esa o‘qish jarayonlari tugamaguncha o‘tkaziladi. Bunda ularning ixtisosligidan kelib chiqib, amaliyot vaqti va uzoqlik muddati belgilanadi”, — deydi vazir o‘rinbosari.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: pedagogika, texnika, universiteti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя