Главная » 2019 » Январь » 22 » Tez ozish sirlari
22:21

Tez ozish sirlari



Ozish oldidan bir savolga javob bering. Siz uzoq muddatga yoki biron tadbir uchun ozmoqchimisiz?

Agar maqsadingiz tez orada ko'rinlarli darajada ozish bo'lsa, u holda saytdagi ja'miki parhez yo'llari sizga bu borada qo'l keladi.

Qisqa qilib aytganda, tez ozish uchun:

1. Kamida 2 hafta davomida ovqatlanishni keskin kamaytirish lozim. Ya'ni oldingi yeyilgan porsiyangizni 4-5 barobariga kamaytirib, ovqatlanish oralig'ida umuman hech narsa yemay faqat suv ichib yurish kerak bo'ladi;

2. Haftada 1 marta suvdan tashqari hech nima yemaslik zarur;

3. Haftada 1 marta 1 mahsulotlik parhezda bo'lish lozim. Ya'ni kun mobaynida bir mahsulot(qatiq, banan, olma va hokazolar) bilangina tamadi qilish mumkin bo'ladi.

4. Nonushtadan oldin 2 stakan qaynagan suv ichib olish zarur.

5. Har kuni kamida 30 daqiqa davomida yuqori tezlikda yurish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Shunda vazn keskin kamayadi, lekin bu asosan organizmdagi suv hisobiga yo'qoladi. Undan tashqari mineral va vitaminlar ham kamayadi. Odam ozgani shundoq seziladi. Kamida 2-4 haftadan so'ng esa vazn eski holiga qo'shimcha grammlar bilan qaytadi.

Ozishni istagan odam aslida natijani ushlab qolishni ham istaydi. Buning uchun esa tez ozishdan ko'ra to'g'ri ozishni maqsad qilib olish kerak.

Quyida to'g'ri ozish tamoyillarini keltirib o'tamiz:

1. Kuniga kamida 2 litr qaynagan suv ichib yurish.

2. Nonushtadan oldin har kuni 2 stakan qaynagan suv ichib olish.

3. Mayonezdan butunlay voz kechish.

4. Kamida 6 oy davomida shirinliklarning barcha turlaridan voz kechish. Keyinchalik kuniga 100 grammdan yesa bo'ladi.

5. Nonlik mahsulotlarni ko'pi bilan 200 gramm miqdorda kunning birinchi yarmidagina iste'mol qilish.

6. Uyqudan 4-5 soat oldin qaynagan suvdan tashqari hech narsa yemaslik. Hech narsa deganda, oddiy olma yoki pista ham nazarda tutiladi.

7. Kuniga 5 marta ovqatlanish. Ular oralig'ida hech narsa yemaslik. Bir dona qurt ham mumkin emas.

8. Besh mahal ovqatlanish porsiyalari oddiy likobchani yarmidan oshmasligi lozim yoki yarim kichik kosa hisobidan. Undan tashqari likobchaning 30-50% sabzavotlardan iborat bo'lishi lozim.

9. Shokolad, marmelad, pista, quruq mevalar, chipslar, popkorn, qurt, konfet kabi "bejirimgina" yeguliklar yaxshigina kalloriyaga ega ekanligini inobatga olgan holda, ulardan umuman voz kechish.

10. Har kuni 30 daqiqa davomida siz istagan jismoniy harakatni amalga oshirish. Bu fitness, tezlikda yayov yurish, chopish, sakrash, jismoniy tarbiya mashg'ulotlari bo'lishi mumkin.

Ushbu tamoyillarga amal qilishni biron muddat davomida emas, balki shu tarzda yashashga o'tib olsangiz, siz nafaqat ozasiz, balki keyinchalik vazn oshirmaysiz ham. Qo'shimcha ravishda yuzingiz yosharadi, kayfiyatingiz ko'tarinki ruhda bo'ladi, badanigngiz go'zallashadi.


Manba: "uzbaby.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: sirlari, Tez ozish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя