Главная » 2020 » Июнь » 28 » Tezkor: O‘zbekistonda koronavirusga chalingan shifokor vafot etdi
18:04

Tezkor: O‘zbekistonda koronavirusga chalingan shifokor vafot etdi


Poytaxt Toshkentdagi Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi shifokori A.U. shu yilning 14 iyun kunidan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin markazidagi fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida faoliyat ko‘rsata boshlagan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, marhum shu yilning 23 iyun kuni ahvoli og‘irlashib, dastlab Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga, so‘ng esa Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga o‘tkir miokard infarkti tashxisi bilan yotqizilgan.

26 iyunda esa yurak, nafas va o‘pka yetishmovchiligi kuzatilib, ahvoli og‘irlashganligi uchun reanimatsiya bo‘limiga olingan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mamlakatdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislari tomonidan bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, nazoratga olingan.

Biroq kardiolog, pulmonolog, terapevt, virusolog, reanimatologlarning standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor miokard infarkti, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi marhum shifokorning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: vafot etdi, koronavirusga chalingan shifokor, O‘zbekistonda, tezkor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя