Главная » 2020 » Февраль » 11 » “The Guardian”: Koronavirus Yerning uchdan ikki qismini qoplab olishi mumkin
22:06

“The Guardian”: Koronavirus Yerning uchdan ikki qismini qoplab olishi mumkin


Koronavirus epidemiyasi Yer sayyorasining uchdan ikki qismini qoplab olishi mumkin. Gongkonglik yetakchi epidemiolog, professor Gabriel Lyan ana shunday fikrda, deb yozmoqda “The Guardian” nashri.  

Ekspertning hisob-kitoblariga ko‘ra, virus bilan zararlangan har bir kishi 2,5 odamga ushbu kasallikni yuqtirishi mumkin. Professorning fikricha, bu Yer yuzidagi 60-80 foiz aholi degani. Uning ta’kidlashicha, koronavirusdan o‘lim holati 1 foizni tashkil etsada, umumiy miqdorda bu katta sonni keltirib chiqaradi.

Epidemiologning ta’kidlashicha, asosiy vazifalardan biri epidemiya ko‘lamini aniqlash va Xitoy tomonidan virus tarqalishini oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning samaradorligini amalda tatbiq etishdir. Uning ma’lum qilishicha, agar samarali bo‘lsa, boshqa davlatlar Xitoy qo‘llayotgan choralarni o‘zlarida sinab ko‘rishlari lozim.

Avvalroq, Xitoy hukumatining epidemik tibbiy maslahatchisi Chjun Nanshan koronavirus epidemiyasi fevral oyida avjiga chiqishi, shundan so‘ng mo‘’tadillashib, pasaya boshlashini ma’lum qilgan edi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя