Главная » 2020 » Июль » 11 » «Tico» ichida zanjirga bog‘liq holda kanaldan topilgan marhum o‘z joniga qasd qilgan — Bosh prokuratura
13:48

«Tico» ichida zanjirga bog‘liq holda kanaldan topilgan marhum o‘z joniga qasd qilgan — Bosh prokuratura


O‘tgan oyda Hazorasp tumani hududidan o‘tgan «Toshsaqa» kanaldan erkak kishining murdasi chiqqandi. Marhum o‘zi boshqarib yurgan «Tico» ichida, boz bo‘ynidan zanjir o‘tkazilib, mashinaning rul qismiga bog‘langan holda topilgani shov-shuvga sabab bo'lgandi.

Ko‘p o‘tmay murdaning shaxsiga aniqlik kiritilib, u shu tumanda istiqomat qiluvchi 34 yoshli N. Q. ekani va 17-mart kuni uyidan chiqib, bedarak yo‘qolganiga oydinlik kiritildi. Shuningdek, holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan ham xabaringiz bor.

«Xabar.uz» so‘roviga ko‘ra, Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov olib borilgan tergov harakatlari yakuni bo‘yicha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, T.Q.ning  bedarak yo‘qolganligi va oradan ma’lum vaqt o‘tib, uning murdasi topilganligi holati bo‘yicha jinoiy hodisa yuz bermagan deb topilib, «delo» qo‘zg‘atilgan  harakatdan tugatildi (JPK 83-modda, 1-qism).

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlarining bunday yakunini mahkama mas’uli shunday izohlaydi.

Tergov-tezkor harakatlari davomida to‘plangan dalillarga ko‘ra, T.Q. bedarak yo‘qolgan sana — 2020-yil 27-mart kuni bir necha marotaba  «Toshsaqa» kanalining Hazorasp tumani, Amudaryo mahallasi, (hozirda Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumani) hududidagi «Chap qirg‘oq» suv taqsimlash inshooti atrofida bo‘lganligi aniqlandi. Shundan kelib chiqib, u mazkur inshoot atrofida suvga cho‘kkan bo‘lishi ehtimoliga aniqlik kiritish maqsadida hudud suvi to‘siladi. Maxsus qutqaruv xizmati xodimlari olib borgan qidiruv ishlari natijasida, darhaqiqat, taxmin oqlanib, kanaldan «Tico» mashinasi va uning ichidan T. Q. murdasi topiladi.

«Tico» ko‘zdan kechirilganda, mashina ichkaridan qulflanganligi, uning o‘t oldirgichi yoniq holatda, uzatkichi esa harakatlanish (2-uzatkich) holatida bo‘lganligi aniqlanadi. Shuningdek, avtomashina salonidan yangi sotib olingan 2 ta qulflarning narxi tushirilgan qutisi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan. Mazkur holatlar bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari davomida T.Q. qulf va zanjirlarni shu yilning 27 mart kuni (uyidan chiqib, bedarak yo‘qolgan kun) Hazorasp tumani, Yangibozor qishlog‘i hududidagi savdo shoxobchasi sotuvchisidan sotib olganligi tasdiqlanadi. Marhumning o‘lim sababini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasida T.Q.ning tanasida jarohat izlari yo‘qligi, nafas yo‘llarining suv bilan tiqilishi oqibatidagi mexanik asfiksiya natijasida vafot etgani zikr etiladi.

Bundan tashqari marhum yaqinlarining so‘ngi yillarda T.Q.ning ruhiyatida o‘zgarishlar bo‘lganligi, unda o‘zini o‘ldirishga moyillik sezilayotganligi mazmunidagi ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, ishga Xorazm viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseri ekspertlari ham jalb etildi.

Marhum keyingi yarim yil davomida uyali telefoni orqali «youtube» saytga kirib, suvdan topilgan murdalar, shunday shaklda o‘z joniga qasd qilish mazmundagi 46 ta video roliklarni tomosha qilgani aniqlangani va bu ruhiy-asab kasalliklari dispanseri mutaxassislarining xulosalariga uyg‘un kelishi esa T.Q. o‘z joniga qasd qilganini tasdiqlaydi.  

Bayon etilganlardan kelib chiqib, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini harakatdan tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kanaldan topilgan, «Tico», O‘z joniga qasd qilgan, marhum, zanjirga bog‘liq holda, Bosh Prokuratura | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя