Главная » 2020 » Декабрь » 17 » Tijorat banklarida dollar kursi ko‘tarildi
09:17

Tijorat banklarida dollar kursi ko‘tarildi


Bugun, 17 dekabrdan boshlab, O‘zbekistondagi tijorat banklarida 1 AQSH dollarini 10500 so‘mdan sotish boshlandi. 

Ayrim tijorat banklarida bugundan valyuta sotish va sotib olish kurslari o‘zgardi. Xususan, ba’zi banklarda kurs 20 so‘mga ko‘tarilib, 1 AQSH dollarini 10500 so‘mdan sotish boshlandi. Sotib olish kurslari esa 10440 so‘mdan boshlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank 15 dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgilagan edi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 20,05 so‘mga ko‘tarilib, 10 463,12 so‘mni tashkil qildi. Yevro 14,88 so‘mga ko‘tarilib, 12 671,88 so‘m bo‘ldi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Dollar kursi, ko‘tarildi, banklarida, tijorat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя