Главная » 2021 » Январь » 20 » Timati Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘idan uzr so‘radi
09:11

Timati Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘idan uzr so‘radi


Rossiyalik mashhur hip-hop ustasi Timati Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘i Marat Xayrullayevichdan uzr so‘rab, birga bir stolda o‘tirishni taklif qildi. Bu haqda aktrisaning turmush o‘rtog‘i Instagram story’sida ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Marat Xayrullayevich 17 yanvar kuni tug‘ilgan kunini nishonlash maqsadida Dubay shahridagi «Osh Dubai» restoranida stol buyurtma qilgan. Shu kuni u oilasi va do‘stlari davrasida restoranga kelib, stol atrofiga yig‘ila boshlagan.

Shundan so‘ng restoran xodimlari kelib, bu joy Timati tomonidan band qilinganini aytib, boshqa joyga o‘tishlarini so‘ragan. Marat va uning oilasi boshqa stolga o‘tib o‘tirgan va u tug‘ilgan kun kayfiyatini obunachilari bilan bo‘lishish maqsadida Instagram’da jonli efir tashkil qilgan. Timatining tansoqchisi kelib, Maratga reper o‘tirgan restoranda jonli efir qilish mumkin emasligini aytib, efirni tugatishni so‘ragan.

«Bu holat meni biroz tushkunlikka tushirdi va biz o‘rnimizdan turib boshqa restoranga ketdik. ‘Osh Dubaiʼ restorani o‘zining professional emasligini, Timati esa takabburligini ko‘rsatib qo‘ydi», — deb yozgan aktrisaning turmush o‘rtog‘i.

Keyinroq Timati Maratning Instagram’iga yozib, undan uzr so‘ragan.

«Kechirasiz, do‘stim. Yigitlarim biroz qizishib ketdi. Uzoqqa ketmagan bo‘lsangiz, keling, birga o‘tiramiz. Tug‘ilgan kuningiz bilan. E’tibor bermang», — deb yozgan Timati.

Manba: Teznews.uz 


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: uzr so‘radi, Shahzoda Muhammedova, timati, turmush o‘rtog‘idan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя