Главная » 2021 » Апрель » 27 » “Time” dunyoning eng nufuzli TOP-100 kompaniyasini e’lon qildi
22:28

“Time” dunyoning eng nufuzli TOP-100 kompaniyasini e’lon qildi


“Time” jurnali 22 yildan buyon dunyodagi eng nufuzli odamlar ro‘yxatini tuzib keladi. Bu safar jurnal birinchi marta eng nufuzli kompaniyalardan iborat ro‘yxatni shakllantirdi.

Ushbu ro‘yxatga zamonaviy dunyoga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan kompaniyalar kiritilgan. “Time” ularni soha mutaxassislari va o‘z jurnalistlarining tavsiyalari asosida tanlab olgan. Shundan so‘ng tavsiya etilgan kompaniyalarning har biri muayyan parametrlar: dolzarblik, innovatsionlik va muvaffaqiyatlilik bo‘yicha baholangan.
 
Yakuniy ro‘yxat beshta toifaga bo‘lingan: “Kashshoflar”, “Liderlar”, “Innovatorlar”, “Gigantlar”, “Buzg‘unchilar”. Ularning har biriga 16 dan 22 tagacha kompaniyalar kiritilgan. 5 kategoriya bo‘yicha “General Motors”, NBA (Milliy basketbol assotsiatsiyasi), Illumina, “Gro Intelligence” va “Hello Sunshine” kompaniyalari yetakchi sifatida qayd etilgan.

Ro‘yxatdan, shuningdek, xonanda Riannaning ichki kiyimlar ishlab chiqaruvchi “Savage X Fenty”, o‘simlik go‘shti ishlab chiqaruvchi “Beyond Meat”, sport ilovasi ishlab chiqaruvchi Strava (“Kashshoflar”), elektronika ishlab chiqaruvchi Apple kompaniyasi o‘rin olgan.

Bundan tashqari logistika kompaniyasi Maersk, bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqaruvchisi Mattel (“Liderlar”), video qo‘ng‘iroq xizmati Zoom, TikTok ijtimoiy tarmog‘i, Moderna farmatsevtika kompaniyasi (“Innovatorlar”), Walmart do‘konlar tarmog‘i, Disney media korporatsiyasi, Coinbase kripto valyuta birjasi (“Gigantlar”), elektr transport vositalarini ishlab chiqaruvchi Tesla, “GoFundMe” kraudfanding platformasi, birja vositachisi Robinhood ham jurnal ro‘yxatida qayd etilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: time, kompaniyasini, e’lon qildi, nufuzli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя