Главная » 2020 » Июнь » 25 » Tirik qolgan “abort qurboni” 30 yildan so‘ng onasini qidirib topdi
20:28

Tirik qolgan “abort qurboni” 30 yildan so‘ng onasini qidirib topdi


“The Sun” nashriga ko‘ra, AQSHning Kanzas-Siti shahrida (Missuri shtati) yashovchi 30 yashar ayol o‘zining abort qurboni ekanligi va tirik qolganini bilib qoldi. Shundan so‘ng, o‘zining biologik onasini qidirib topdi. Bu haqda “The Sun” nashri yozmoqda.

70 yillarda 19 yoshli Rut homiladorlikning yettinchi oyida edi. Keyin onasi uni sho‘rlangan aralashma yordamida abort qilishga majbur qildi. Natijada homila tirik qoldi. Biroq Rutning onasi shifokorlar bu haqda qiziga xabar bermasligini va bolani tibbiy chiqindilar sifatida tashlab yuborishlarini talab qildi.

Hamshira yangi tug‘ilgan qizga achinib, uni reanimatsiya bo‘limiga yotqizdi. Bola tirik qoldi va ikki oy o‘tgach, uni yosh er-xotin asrab olishdi va unga Melissa, deb ism qo‘yishdi.

O‘smirlik davrida qiz o‘zining tug‘ilishi haqidagi haqiqatni singlisi bilan janjallashib qolganida bilib oldi. 2007 yilda u biologik otasi bilan bog‘lanishga harakat qildi, ammo u vafot etgan edi.

2013 yilda Melissa onasini topdi, ammo ayol uchrashishga ruhan tayyor bo‘lmagani uchun uchi yil qizi bilan ko‘rishmadi. Biroq 2016 yildagina ona va qiz uchrashishdi.

"Biz bir-birimizni ko‘rishimiz bilanoq, quchoqlashaverdik, quchoqlashaverdik. Endi har doim bir-birimiz bilan ko‘rishamiz. Ikkimiz ham Kanzas-Siti shahrida yashaymiz va farzandlarim uni buvi, deb chaqirishadi", deydi Melissa o‘zining biologik onasi bilan juda ko‘p o‘xshash taraflari borligini ta’kidlar ekan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Tirik qolgan, abort qurboni, 30 yildan so‘ng, onasini qidirib topdi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя