Главная » 2020 » Май » 20 » Tirnoqdagi oq chiziqlar organizmdagi qanday o‘zgarishlarni anglatadi?
12:54

Tirnoqdagi oq chiziqlar organizmdagi qanday o‘zgarishlarni anglatadi?


Inson tanasidagi turli a’zolarda yuz beradigan o‘zgarishlar salomatlikning yaxshi yoki yomon tomonga o‘zgarayotganidan dalolat beradi. Ammo bu haqda ko‘pchilik bilmaydi. Masalan, tirnoqlardagi oq chiziqlar nimani anglatadi? Organizm salomatmi yoki yo‘q?

Diyetolog Yelena Solomatinaning ta’kidlashicha, tirnoqdagi oq chiziqlar kishiga unchalik xushxabar keltirmaydi.

“Bu yaxshi belgi emas, bu organizmning biron bir joyida kasallik borligini anglatadi. Bunday dog‘lar tanada margimush, kadmiy va boshqa og‘ir metallarning haddan tashqari ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Garchi bu noaniq alomatlar bo‘lsa-da”, dedi Solomatina.

Uning so‘zlariga ko‘ra, margimush siydik chiqarish tizimiga, jigar va buyraklarga, shuningdek, o‘pkaga salbiy ta’sir qiladi. Uning haddan tashqari oshishi ozgina xiralashish shaklida ham, o‘tkir respirator virusli infeksiyalar shaklida ham o‘zini namoyon qilishi mumkin. Buning alomatlari o‘laroq tirnoqlarda oq chiziqlar paydo bo‘ladi.

“Ana shunday alomatlar kuzatilgani zahoti zudlik bilan shifokor-mutaxassisga murojaat qilgan afzal”, dedi Yelena Solomatina.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: oq chiziqlar, Organizmdagi, anglatadi, o‘zgarishlarni, Tirnoqdagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя