Главная » 2016 » Октябрь » 26 » Tirnoqlar mustahkamligi uchun 7 qoida
12:06

Tirnoqlar mustahkamligi uchun 7 qoida


To‘g‘ri ovqatlaning: karom, sabzi, qizil lavlagi, kartoshka, yong‘oq, zaytun mevasi tirnoqlaringizni oziqlantiradi.

Har kuni 8 stakan suv ichishni kanda qilmang. Organizm suvsizlansa, tirnoq usti yemiriladi.

Har xafta 1-2 kun tirnoqlaringizni bo‘yoqsiz qoldiring. Shunda kosmetik vositalar ta’siri bo‘lmaydi.

Qo‘lni chayganda, albatta, artib, quriting.

Xaftada bir marta yarim stakan iliq suvga yarimta limon sharbatini siqib, 2 choy qoshiq dengiz tuzini aralashtiring. 10 daqiqa qo‘l tirnoqlarini vanna qilib tursangiz, sinuvchanligi yo‘qoladi.

Zaytun yoki boshqa o‘simlik yog‘ini qo‘l barmoqlariga surtib, tirnoqning et bilan birlashgan qismini yengil uqalang. Qon aylanishi yaxshilansa, tirnoqlar o‘sishi me’yorlashadi.

Tirnoq uchini himoyalovchi hamda oziqlantiruvchi maxsus moylardan foydalanib turing. Hafta davomida 1-2 marta tirnoq uchiga surtib qo‘ysangiz kifoya. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: mustahkamlik, Tirnoqlar, 7 qoida | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя