Главная » 2020 » Январь » 2 » Tishingiz og‘riyapti, doktorga borolmaysiz. Nima qilish kerak?
17:32

Tishingiz og‘riyapti, doktorga borolmaysiz. Nima qilish kerak?


Deylik, tishingiz og‘riyapti. Ustiga-ustak dam olish kunlari bo‘lsa, shifoxonalar ishlamasligi mumkin. Quyida tish og‘rig‘ini qoldirishga yordam beruvchi tabiiy davolash usullari bilan tanishasiz.

1. Sarimsoq, piyoz va tuz tish og‘rig‘ida yordam beradi. Dori tayyorlash uchun teng miqdordagi tarkibiy qismlarni aralashtirib, uni kasal tishga paxta bilan qo‘llash mumkin.

2. Oqqarag‘ay moyini paxta bilan namlang va uni kasal tishga yoki og‘iz bo‘shlig‘iga 10-15 daqiqa davomida surting. 1,5-2 soatdan keyin muolajani yana takrorlang.

3. Og‘rigan tish tomonga qarama-qarshi qo‘lni massaj qilishingiz kerak. Massajni intensiv ravishda, aylana harakatlar bilan 5-10 daqiqa davomida bajaring.

4. Ma’lum bir nuqtani massaj qilish tish og‘rig‘idan xalos bo‘lishga yordam beradi. Yuqori labning tepasida joylashgan nuqtani toping. Ko‘rsatkich barmog‘ bilan uni bosib turing, bu og‘riqni sezilarli darajada pasaytirishga yordam beradi.

5. Og‘riqni tinchlantirish uchun yanog‘ingizga sochiqqa o‘ralgan muz qo‘ying.

6. Bir stakan suvda bir choyqoshiq tuzni eritib, 5-6 tomchi yod tomizing. U bilan kasal tishni chaying.

7. Valerianka yoki kamfor spirti aralashmasi tish og‘rig‘ida yaxshigina yordamchi bo‘lishi mumkin. Paxtani aralashmaga botirib, og‘riyotgan tishga qo‘ysangiz, og‘riq qoladi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя